Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

chorvachilik10 ko‘rildi

Chorvachilik tarmoqlari rivojlanmoqda

Toshkent viloyatida aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish hamda xo‘jaliklarni zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash, chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samara bermoqda.

Chorvachilik tarmoqlari rivojlanmoqda

Buning natijasida qoramollar sonini 1,1 million boshga, qo‘y va echkilar sonini 1,2 million boshga, parrandalar sonini 21,1 million boshga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, 334 ming tonna go‘sht, 1 million 128 ming tonna sut, 1,8 milliard dona tuxum va 24,1 ming tonna baliq yetishtirish maqsad qilingan.

Xususan, Ohangaron tumanida ham chorvachilik sohasida zamonaviy xo‘jaliklarni tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladigan loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

photo_2026-09-03_13-22-02

Bu borada “Imkon ishonch hamkor bog‘i” fermer xo‘jaligida amalga oshirilgan yangi loyiha e’tiborga molik. U Prezidentimizning 2025-yil 31-oktabrdagi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan imkoniyatlar asosida amalga oshirildi. Mazkur hujjatda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, chorvachilikni kengaytirish hamda xo‘jaliklarda zarur infratuzilmani shakllantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.

Shu asosda mazkur fermer xo‘jaligida chorvachilik yo‘nalishini kengaytirish maqsadida 20 sotix maydonda yengil konstruksiyali, zamonaviy talablarga mos molxona barpo etildi.

Ayni damda Qirg‘izistondan 60 bosh, Xitoydan 92 bosh naslli qoramol keltirilib, parvarishlanmoqda. Ushbu loyihaning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Akmal Boyqobilov, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Alimardon Jumaboyev va hudud faollari ishtirok etdi.

photo_2026-09-03_13-21-59

Umuman olganda, Toshkent viloyatida chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tarmoqda ishlab chiqarish hajmini oshirish bilan birga, yangi xo‘jaliklarni tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, naslchilik salohiyatini yuksaltirish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Barcha yangiliklar