Faoliyat
Paxta va g‘alla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
I-BOSQICH
Fermer xo‘jaligi
Kredit buyurtmanomasini xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga taqdim etadi.
II-BOSQICH
Tijorat banki
Fermer xo‘jaliklari buyurtmanomalarini jamlaydi, Jamg‘armaga taqdim etadi.
III-BOSQICH
Jamg‘arma
Jamg‘arma buyurtmanoma asosida tijorat bankiga kredit resursini ajratadi.
IV-BOSQICH
Tijorat banki
Fermer xo‘jaliklari buyurtmanomasiga muvofiq imtiyozli kredit ajratadi.
V-BOSQICH
Fermer xo‘jaliklari
Yetkazib berilgan moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiradi.
VI-BOSQICH
Fermer xo‘jaliklari
Yetishtirilgan mahsulot (paxta va g‘alla) yakuniy hisobidan imtiyozli kredit va unga hisoblangan foizni tijorat bankiga qaytaradi.
VII-BOSQICH
Tijorat banki
Fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘langan kredit va unga hisoblangan foizlar hisobidan Jamg‘armaga kredit va foizlarni qaytaradi.
