Moliyalashtirish
Moliyalashtirish dasturlari
Jamg‘arma resurslari hisobidan tijorat banklari va lizing tashkilotlari orqali ajratiladigan imtiyozli mablag‘lar hamda subsidiyalar.
Faoliyat yo‘nalishlari
Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, moliyalashtirish va subsidiyalash mexanizmlari.
- Paxta yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish
- G‘alla hosilini moliyalashtirish
- Ajratiladigan mablag‘lar va subsidiyalar to‘g‘risida
- Paxta va g‘alla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi
- Qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berish mexanizmi
- Subsidiyalash mexanizmi
Imtiyozli kredit
- Paxta
Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari paxta yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit ajratadi. Kredit miqdori tuproq bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik va eʼlon qilingan narx asosida hisoblanadi.
10%· 14 oygacha
- Paxta
Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash
Yig‘im-terim mavsumi xarajatlari uchun alohida kredit liniyasi. Kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.
10%· 4 oygacha
- Paxta
Paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash
Klasterlar va to‘qimachilik korxonalari fyuchers shartnomasi bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun yetishtiruvchilar bilan hisob-kitob qiladi. To‘lovning 80 foizi paxta qabul qilingan kundan uch ish kunida, qolgani 31-dekabrga qadar birjaning kliring tizimi orqali o‘tkaziladi.
10%· 12 oygacha
- Bug‘doy
Bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Fermer xo‘jaliklari, urug‘chilik xo‘jaliklari va yer uchastkasi mavjud boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun. Kreditlash agrotexnik tadbirlar muddatlariga mos ravishda oldingi yilning 1-sentabridan moliya yilining 1-iyunigacha.
10%· 12 oygacha
- Urug‘lik bug‘doy
Urug‘lik bug‘doy uchun to‘lovlarni amalga oshirish mexanizmi
Urug‘lik tayyorlash korxonalari qabul qilingan urug‘lik bug‘doy uchun hisob-kitobni Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan ikki bosqichda amalga oshiradi.
- Tovar bug‘doy
Davlat xaridiga qabul qilingan tovar bug‘doy uchun hisob-kitoblar
Fermer xo‘jaliklari va boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar tovar bug‘doyni keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakillari omborlarida vaqtincha saqlashga topshirishi mumkin.
- Meva va uzum
Meva va uzum hosilini moliyalashtirish
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali meva-uzumchilik xarajatlarini kreditlash.
14%· 12 oygacha
- Kartoshka
Kartoshka yetishtirishni moliyalashtirish
Kartoshka yetishtirish xarajatlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlash. Kredit sug‘urta polisi asosida ajratiladi.
12%· 12 oygacha
- Issiqxona
Issiqxona xo‘jaliklarini moliyalashtirish
Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, shuningdek chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishga imtiyozli kredit.
14%· 12 oygacha
- Ozuqabop va moyli ekinlar
Ozuqabop va moyli ekinlarni moliyalashtirish
Ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlash.
12%· 12 oygacha
- Chorvachilik
Chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish
Chorvachilik majmualarini tashkil qilish, nasldor qoramol xarid qilish va naslli buqalar urug‘ini yetishtiradigan korxonalar uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit.
6%· 120 oygacha
- Baliqchilik
Baliqchilik loyihalarini moliyalashtirish
Baliqchilik majmualari, naslli baliq xaridi va baliq yetishtirish loyihalari uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit.
6%· 120 oygacha
Lizing
Subsidiya
- Paxta
Subsidiya: birjada sotilgan paxta uchun EHF qiymatining bir qismini qoplash
O‘z mablag‘i yoki tijorat krediti hisobidan paxta yetishtirib, birjada sotgan qishloq xo‘jaligi subyektlariga elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi qaytariladi.
- Paxta
Subsidiya: imtiyozli kreditni muddatidan oldin qaytarganlarga foiz qaytarish
Imtiyozli kreditni hosil yili yakuniga qadar to‘liq qaytargan paxta yetishtiruvchilarga to‘langan foizning bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi.
- Paxta
Subsidiya: klasterlarga tijorat krediti foizini qoplash
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalarga paxta yetishtirish va xarid qilish uchun olingan tijorat krediti foizining bir qismi qoplanadi.
8%
- Paxta
Subsidiya: o‘z mablag‘i hisobidan xarid qilingan paxta qiymatini qoplash
Klasterlar va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalarga o‘z mablag‘lari hisobidan birjadan xarid qilingan paxta xomashyosi uchun har bir bitim bo‘yicha shakllangan EHF qiymatining 10 foizi qoplanadi.