Bug‘doy · Imtiyozli kredit
Bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Fermer xo‘jaliklari, urug‘chilik xo‘jaliklari va yer uchastkasi mavjud boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun. Kreditlash agrotexnik tadbirlar muddatlariga mos ravishda oldingi yilning 1-sentabridan moliya yilining 1-iyunigacha.
Shartlar
Stavkalar qarz oluvchi to‘laydigan miqdorda ko‘rsatilgan — bank marjasi shu ichida. Yakuniy shartlar tijorat banki bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Normativ hosildorlik qiymatining 40 foizigacha
Fermer xo‘jaliklari- Ulush
- 40%
- Stavka
- 10%
- Muddat
- 12 oy
shundan bank marjasi 2%
Barqarorlik reytingi chegirmasi: «A» toifa −2%, «B» toifa −1%
Urug‘lik qiymati hisobga olingan holda. Qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz.
Normativ hosildorlik qiymatining 50 foizigacha
Fermer xo‘jaliklari- Ulush
- 50%
- Stavka
- 12%
- Muddat
- 12 oy
shundan bank marjasi 2%
Barqarorlik reytingi chegirmasi: «A» toifa −2%, «B» toifa −1%
To‘lovni hisoblash
Stavka va muddat qarorda belgilangan — ular o‘zgartirilmaydi. Siz faqat hosil (yoki aktiv) qiymatini kiriting.
Kim uchun
Hisoblash usuli
Kalendar shu oydan boshlab haqiqiy oylar bilan chiziladi.
Barqarorlik reytingi chegirmasi
Kredit miqdori
200 000 000
Ulush 40% · Stavka 10%
- Oylik to‘lov
- 17 583 177
- Foizlar ustamasi
- 10 998 129
- Jami to‘lov
- 210 998 129
Taxminiy hisob-kitob. Yakuniy shartlar ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng tijorat banki bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Qanday ishlaydi
Ariza Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agroportali orqali topshiriladi va 3 kunda ko‘rib chiqiladi. Rad etilganda bank 1 kun ichida sabablarni asoslab yozma xabar beradi. Kredit miqdori vazirlik har yili eʼlon qiladigan minimal narx va tuproq bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik asosida belgilanadi.
Kerakli hujjatlar
- Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat
- Boshoqli don ekinini joylashtirish to‘g‘risida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma
- Klasterlar uchun — fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati
Shu dastur bo‘yicha savollar
G‘alla yetishtirish xarajatlari qaysi oylarda moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 4-bandiga asosan tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1 sentyabridan moliya yilining 1 iyunigacha amalga oshiriladi.
G‘alla yetishtirishda agrotexnik tadbir tushunchasi.
Agrotexnik tadbir bu g‘alla yetishtirish davomida yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.
G‘alla yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi qaysi normativ hujjatda belgilangan.
G‘alla yetishtirish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qaroriga asosan.
G‘alla yetishtirish xarajatlari uchun yillik necha foizdan kredit ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 13-bandiga asosan bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddat bilan urug‘lik qiymatini hisobga olgan holda 12 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi.
G‘alla yetishtirish uchun kredit olishda qaysi tijorat bankiga murojaat qilish kerak.
G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklarning asosiy hisob raqami qaysi bankda ochilgan bo‘lsa o‘sha bankning bosh ofisi tomonidan Jamg‘armaga buyutma taqdim etiladi.
G‘alla yetishtirishda bank tomonidan kredit ajratilishida taʼminot yo‘q bo‘lsa qanday ajratiladi.
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi yoki qarz oluvchining bo‘lg‘usi hosilni sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi taqdim etiladi.
G‘alla yetishtirish uchun ajratilgan kredit qaysi tashkilot tomonidan monitoring qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 18-bandiga asosan Tijorat banki sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda sug‘urta shartnomasi asosida har bir qarz oluvchi bo‘yicha bug‘doy ekinining holatini va bo‘lajak hosilning berilgan kreditlar qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring o‘rnatadi.