Savol-javob
Ko‘p so‘raladigan savollar
Jamg‘arma bo‘limlari tayyorlagan javoblar. Yo‘nalishni tanlang yoki savolingizni qidiring.
Jamg‘arma haqida
Kredit qancha muddatga beriladi?
Muddat dasturga bog‘liq: paxta yetishtirish — 14 oy (klasterlar uchun 18 oy), paxta yig‘im-terimi — 3–4 oy, bug‘doy yetishtirish — 12 oy, urug‘lik bug‘doy — 6 oygacha, texnika lizingi — fermer xo‘jaliklariga 10 yil, klasterlarga 7 yil, chorvachilik va baliqchilik loyihalari — 48 oygacha imtiyozli davr bilan uzoq muddatli. Aniq muddat har bir dastur sahifasida va tijorat banki bilan tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladi.
Manba: №PF-5095Foiz stavkasi qancha?
Stavkalar qarorlarda belgilangan va qarz oluvchi to‘laydigan miqdorda ko‘rsatiladi (bank marjasi shu ichida): paxta va bug‘doy yetishtirish krediti — yillik 10 foiz (bug‘doy uchun 50 foizgacha ulushda 12 foiz), paxta bo‘yicha yakuniy hisob-kitob krediti — 14 foiz, texnika lizingi — Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi. Barqarorlik reytingi «A» toifasidagi xo‘jaliklarga 2, «V» toifasidagilarga 1 foiz punkt chegirma beriladi. Har bir dasturning amaldagi stavkasi «Faoliyat» bo‘limida ko‘rsatilgan.
Manba: №PF-5095Kimlar moliyalashtirilishi mumkin?
Fermer xo‘jaliklari, urug‘chilik xo‘jaliklari, yer uchastkasi bo‘lgan boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari, paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik korxonalari, don qabul qiluvchi korxonalar, chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari hamda lizing tashkilotlari (texnika bo‘yicha). Har bir dastur o‘z qarz oluvchilar doirasini belgilaydi — «Sizga mos moliyalashtirishni toping» xizmati orqali tekshirish mumkin.
Manba: №PF-5095Qanday hujjatlar kerak?
Ariza «Agroplatforma» axborot tizimi orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga beriladi. Odatda talab qilinadi: yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (uzoq muddatli ijara shartnomasi yoki davlat reestridan ko‘chirma), ekinni joylashtirish to‘g‘risida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma, klaster va kooperatsiyalar uchun — fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati, ta’minot hujjatlari (sug‘urta polisi, kafillik yoki boshqa ta’minot). Bank arizani barcha hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 3 kun ichida ko‘rib chiqadi. To‘liq ro‘yxat har bir dastur sahifasida keltirilgan.
Manba: №PF-5095Qaysi banklar orqali amalga oshiriladi?
Jamg‘arma kredit resurslarini fermerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, tijorat banklariga bitim asosida joylashtiradi. Ariza asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘ingiz ochilgan tijorat bankiga beriladi — bank Jamg‘arma bilan bitim tuzgan bo‘lishi kerak. Texnika bo‘yicha mablag‘ lizing tashkilotlariga ajratiladi. Qaysi bank bilan bitim borligini ishonch telefoni +998 71 231-02-17 orqali aniqlashtirish mumkin.
Manba: №PF-5095Jamg‘arma nima bilan shug‘ullanadi?
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan. Uning zimmasida to‘rtta vazifa bor: davlat xaridi uchun yetishtirilgan paxta va g‘alla hosili uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida moliyalashtirish; fermer xo‘jaliklariga zamonaviy texnikani imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun qaytarish shartida qarz ajratish; hisob-kitoblarni raqamlashtirish; agrar sohani moliyalashtirish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish.
Manba: №PF-5095Jamg‘arma manzili qanday, ofis qayerda joylashgan?
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 8-uy, 100100.
Manba: №PF-5095Ish vaqti qanday?
Dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha. Shanba va yakshanba dam olish kunlari.
Manba: №PF-5095Ishonch telefoni va aloqa raqami qaysi?
Ishonch telefoni: +998 71 231-02-17. Aloqa telefoni: +998 71 231-02-19.
Manba: №PF-5095Jamg‘arma mablag‘i fermerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladimi?
Yo‘q. Jamg‘arma kredit resurslarini tijorat banklariga joylashtiradi, bank esa qarz oluvchi bilan bevosita kredit shartnomasi tuzadi. Texnika bo‘yicha mablag‘ lizing tashkilotiga ajratiladi, lizing tashkiloti esa ishlab chiqaruvchi yoki uning rasmiy dileri bilan hisob-kitob qiladi.
Manba: №PF-5095Kredit olish uchun qayerga murojaat qilinadi?
Asosiy hisob raqamingiz ochilgan tijorat bankiga. Ariza paxta va g‘alla bo‘yicha «Agroplatforma» axborot tizimi orqali topshiriladi.
Manba: №PF-5095Murojaat qanday qilinadi?
Elektron qabulxona orqali murojaat yuborish yoki fuqarolar qabuliga yozilish mumkin. Qabul jadvali saytning «Murojaatlar» bo‘limida joylashtirilgan.
Manba: №PF-5095Paxta sohasini moliyalashtirish
Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash qaysi nizom bilan tartibga olingan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.12.2023 yildagi 680-son qarori paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash nizomi hisoblanadi.
Manba: №680Qarz oluvchi kim?
paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar (fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari), urug‘chilik xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari yoki to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar.
Manba: №680Kredit olish uchun ariza qaysi tizim orqali beriladi?
Qarz oluvchi kredit olish uchun arizani «Agroplatforma» axborot tizimi orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga taqdim etadi.
Manba: №680Paxta xom ashyosining narxi qanday aniqlanadi?
Nyu-York birjasidagi paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasi haqidagi maʼlumot asosida shakllantiriladi.
Manba: №680Paxta xomashyosi qiymati nima?
paxta xomashyosi qiymati — tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (tsentner/gektar) hamda eʼlon qilingan narx asosida hisoblangan qiymat.
Manba: №680Fyuchers shartnomasi nima?
Fyuchers shartnomasi — tegishli yil hosilidan paxta xom ashyosini yig‘im-terim davrida yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimidir.
Manba: №680Fyuchers shartnomalari qaysi muddatlarda tuziladi?
Amaldagi tartibga ko‘ra, paxta xom ashyosi uchun fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 iyuniga qadar tuziladi.
Manba: №680Jamg‘arma va tijorat banklari o‘rtasida paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash to‘g‘risida Bitim qachon tuziladi?
Tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1 oktyabriga qadar;.
Manba: №680Jamg‘arma va tijorat banklari o‘rtasida fyuchers shartnomasi asosida paxta xom ashyosini yetishtiruvchilardan xarid qilingan paxta xom ashyosining yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risida Bitim qachon tuziladi?
tegishli moliya yilining 20 avgustiga qadar bitim tuziladi.
Manba: №680Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlarning muddatlari?
Moliya yilidan oldingi yilning 1 oktyabridan moliya yilining 1 sentyabriga qadar amalga oshiriladi.
Manba: №680Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini va paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlashning boshlanish muddati qachon?
Moliya yilining 1 sentyabridan boshlanadi.
Manba: №680Fermer xo‘jaliklariga paxta yetishtish xarajatlari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?
Paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha miqdorida, yillik 10 foiz stavkada, 14 oy muddatga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.
Manba: №680Fermer xo‘jaliklariga paxta yig‘im-terimi xarajatldari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?
Paxta xom ashyosining yalpi qiymatining 30 foizigacha miqdorida, yillik 10 foiz stavkada 4 oy muddatga kredit ajratiladi.
Manba: №680Urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terimi xarajatldari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?
urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratiladi;.
Manba: №680Paxta to‘qimachilik klasterlariga paxta yetishtish xarajatlari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?
еr uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 18 oy muddatga (bunda kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi), 12 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratiladi;.
Manba: №680Paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?
paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 100 foizigacha yillik 14 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi
Manba: №680Fyuchers shartnomasi bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun to‘lovning qancha qismi uch ish kunida to‘lanadi?
To‘lovning 80 foizi paxta qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Manba: №680Fyuchers shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar qaysi muddatgacham to‘liq amalga oshirishi lozim?
Moliya yilining 31 dekabr kuniga qadar birjaning kliring tizimi orqali amalga oshirishi lozim.
Manba: №680Fyuchers shartnomasi bo‘yicha natura shaklida hisob-kitob qilish mumkinmi?
Yo‘q. Xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida fyuchers shartnomalari bo‘yicha natura shaklida hisob-kitob qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Manba: №680Spot shartnomasi nima?
Spot shartnomasi — birja tovarini qisqa muddatda, belgilangan yetkazib berish shartlari asosida sotish va sotib olishni nazarda tutuvchi shartnoma.
Manba: №680G‘alla va bug‘doy
G‘alla yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi qaysi normativ hujjatda belgilangan.
G‘alla yetishtirish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qaroriga asosan.
Manba: №130G‘alla yetishtirish xarajatlari qaysi oylarda moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 4-bandiga asosan tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1 sentyabridan moliya yilining 1 iyunigacha amalga oshiriladi.
Manba: №130G‘alla yetishtirish xarajatlari uchun yillik necha foizdan kredit ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 13-bandiga asosan bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddat bilan urug‘lik qiymatini hisobga olgan holda 12 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi.
Manba: №130G‘alla yetishtirish uchun kredit olishda qaysi tijorat bankiga murojaat qilish kerak.
G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklarning asosiy hisob raqami qaysi bankda ochilgan bo‘lsa o‘sha bankning bosh ofisi tomonidan Jamg‘armaga buyutma taqdim etiladi.
Manba: №130G‘alla yetishtirishda agrotexnik tadbir tushunchasi.
Agrotexnik tadbir bu g‘alla yetishtirish davomida yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.
Manba: №130G‘alla yetishtirishda bank tomonidan kredit ajratilishida taʼminot yo‘q bo‘lsa qanday ajratiladi.
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi yoki qarz oluvchining bo‘lg‘usi hosilni sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi taqdim etiladi.
Manba: №130G‘alla yetishtirish uchun ajratilgan kredit qaysi tashkilot tomonidan monitoring qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 18-bandiga asosan Tijorat banki sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda sug‘urta shartnomasi asosida har bir qarz oluvchi bo‘yicha bug‘doy ekinining holatini va bo‘lajak hosilning berilgan kreditlar qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring o‘rnatadi.
Manba: №130Urug‘lik va tovar bug‘doy
Fermer xo‘jaliklari tomonidan urug‘lik bug‘doy tayyorlash korxonalariga topshirilgan urug‘lik bug‘doy uchun hisob-kitoblar qanday tartibda amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi “2026-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni bug‘doy bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarorining 6a-bandiga asosan urug‘lik tayyorlash korxonalari qabul qilingan urug‘lik bug‘doy uchun hisob-kitoblarni Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga joylashtiriladigan kredit resurslari hisobidan ikki bosqichda amalda oshiradi: birinchi bosqichda – urug‘lik bug‘doyning har tonnasiga joriy yil hosili 3-sinf bug‘doyi uchun birjada eʼlon qilingan o‘rtacha narxda; ikkinchi bosqichda – urug‘lik sifatida amalda sotilgan (elektron hisob-faktura asosida) bug‘doyning har tonnasi uchun Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 12 oktyabrdagi 641-son qarorida boshoqli don urug‘larining avlodlari uchun belgilangan ustamalarni qo‘llagan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Manba: №304Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash qanday tartibda hisoblanidi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2021 yil 12 oktyabr 641-son qarori bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM”ning 9-bandiga asosan Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xarid qilingan urug‘lik don O‘zbekiston Respublikasining Davlatstandarti (Oʻz DSt 2823:2014 «Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari navdorlik va ekish sifatlari. texnikaviy shartlar») talablariga mos bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozortamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son qaroriga muvofiq original (superelita) boshoqli don urug‘i uchun 130foiz, elita uchun 80 foiz va I-avlod (R-1) uchun 60 foiz miqdorida ustama hisoblanadi.
Manba: №PQ-4634Jamg‘arma” kredit resurslarini “Tijorat banki”ga joylashtirishni qanday tartibda amalga oshiriladi.
“Jamg‘arma” kredit resurslarini “Tijorat banki”ga urug‘lik bug‘doyni xarid qilish, tayyorlash va sug‘urta xarajatlarini kreditlash uchun yillik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridan 4 foiz (bank marjasi) kamaytirilgan stavkada (Markaziy banki asosiy stavkasi o‘zgarganda ustama haq xam o‘zgaradi) ustama haq (foiz) to‘lash sharti asosida 12 oy muddatga, shundan 6 oy imtiyozli davr bilan, kredit resurslarni asosiy qismini keyingi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan joylashtiradi.
Manba: №304Vaqtincha saqlashga topshirgan bug‘doyni birjaga qo‘yish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yil g‘alla hosili bo‘yicha qabul qilinadigan qarorga muvofiq, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan tovar bug‘doyni keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tijorat vakillari omborlarida vaqtincha saqlashga qabul qilish belgilangan. - tovar bug‘doyni birja savdolarida sotish uchun tijorat vakillari tomonidan “dxarid.uz” axborot tizimi orqali ombor guvohnomalarini bug‘doy yetishtiruvchilarga elektron ko‘rinishda taqdim etishga; - tovar bug‘doyni birja savdolari sotish uchun bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan ombor guvohnomalari hamda arizalariga asosan birja kontraktlarini ochishga ruxsat berilgan. Qoraqalpg‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yilning iyul-oktyabr oylarida Iqtisodiyot va moliya vazirligining har bir oy uchun birja savdolariga bug‘doy qo‘yish prognozlari asosida hududlar va fermer xo‘jaliklari kesimida oylik grafik shakllantiriladi va umumlashtirish uchun Respublika tovar xomashyo birjasi va Jamg‘armaga taqdim etiladi.
Manba: №304Texnika lizingi
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan qaysi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun imtiyozli resurs mablag‘lari ajratiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424-sonli qaroriga asosan Jamg‘arma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yani O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari uchun imtiyozli resurs mablag‘lari lizing korxonalariga ajratiladi.
Manba: №424Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari uchun Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan resurslar shartlari qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424- sonli qarori shartlariga muvofiq Jamg‘arma tomonidan lizing korxonalari orqali fermer xo‘jaliklariga 10 yil muddatga, paxta to‘qimachilik klasterlariga 7 yil muddatga amaldagi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi stavkasi miqdorida resurslar ajratiladi.
Manba: №424Jamg‘arma tomonidan ajratilgan imtiyozli resurslar hisobidan sotib olingan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun amaldagi subsidiyalar qo‘llaniladimi?
Jamg‘arma tomonidan lizing korxonalar orqali fermer xo‘jaliklari hamda paxta to‘qimachilik klasterlariga ajratilgan imtiyozli resurslar hisobidan sotib olingan g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari uchun amaldagi subsidiyalar qo‘llanilmaydi.
Manba: №424Jamg‘arma mablag‘i fermerning hisobvarag‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadimi?
Yo‘q. Mazkur mexanizmda Jamg‘arma mablag‘lari belgilangan tartibda lizing tashkilotiga ajratiladi. Lizing tashkiloti esa texnika ishlab chiqaruvchisi yoki uning rasmiy dileri bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Manba: №424Subsidiyalar: umumiy
Qarorning maqsadi nima?
Paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va samarali xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash.
Manba: №466Qanday qo‘llab-quvvatlash beriladi?
Subsidiyalar va kredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi.
Manba: №466«Subsidiya.imv.uz» portalida nima o‘zgaradi?
Portal davlat idoralari va banklar tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Manba: №466Subsidiya: paxtani birjada sotganda (EHF qiymatining 10 foizi)
Kimlar ushbu subsidiyani olishi mumkin?
O‘z mablag‘i yoki tijorat krediti hisobidan paxta yetishtirib, birjada sotgan qishloq xo‘jaligi subyektlari.
Manba: №466Kimlar subsidiya ololmaydi?
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va imtiyozli kredit hisobiga paxta yetishtirganlar.
Manba: №466Subsidiya miqdori qancha?
Elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi.
Manba: №466Subsidiya qaysi manbadan to‘lanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan.
Manba: №466Subsidiya olish uchun qayerga murojaat qilinadi?
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi To‘lovlar agentligiga «Subsidiya.imv.uz» portali orqali subsidiya oluvchining shaxsiy kabineti orqali ariza qoldiriladi.
Manba: №466Ariza berish uchun qanday maʼlumotlar kerak?
STIR, bank rekvizitlari, EHF raqami va sanasi, aloqa maʼlumotlari.
Manba: №466Maʼlumotlarni kim tekshiradi?
Birja, Soliq qo‘mitasi va tijorat banklari.
Manba: №466Subsidiya qachon to‘lab beriladi?
Ariza tasdiqlangandan keyin 5 ish kuni ichida.
Manba: №466Qanday hollarda subsidiya rad etiladi?
Paxta birjada sotilmagan, yolg‘on maʼlumot berilgan yoki imtiyozli kreditdan foydalanilganda.
Manba: №466Subsidiya mablag‘laridan qanday foydalaniladi?
Avvalo kredit, foiz, soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashga.
Manba: №466Subsidiya: imtiyozli kredit foizini qaytarish
Kimlar foiz subsidiyasini olishi mumkin?
Imtiyozli kreditni hosil yili yakuniga qadar to‘liq qaytargan paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlari.
Manba: №466Kimlar ushbu subsidiyadan foydalana olmaydi?
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik korxonalari.
Manba: №466Subsidiya nima uchun beriladi?
Imtiyozli kredit bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining bir qismini qaytarish uchun.
Manba: №466Subsidiya miqdori qancha?
Hosil yilining 31 dekabriga qadar (muddatidan oldin) so‘ndirilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining 5 foiz qismi. Hosil yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar (o‘z muddatida) so‘ndirilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining 2,5 foiz qismi
Manba: №466Kredit qachongacha to‘liq qaytarilishi kerak?
Hosil yilining 31 dekabriga qadar (muddatidan oldin so‘ndirilganda kredit foizi uchun 5% subsidiya beriladi). Hosil yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar (o‘z muddatida so‘ndirilganda kredit foizi uchun 2,5% subsidiya beriladi).
Manba: №466Subsidiya uchun kim ariza beradi?
Imtiyozli kredit bergan tijorat bankining Bosh ofisi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi To‘lovlar agentligiga «Subsidiya.imv.uz» portali orqali ariza topshiradi.
Manba: №466Ariza qayerga yuboriladi?
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi To‘lovlar agentligiga «Subsidiya.imv.uz» portali orqali tijorat banklarining Bosh ofislari tomonidan ariza qoldiriladi.
Manba: №466Subsidiya qachon to‘lab beriladi?
Ariza tasdiqlangandan keyin 5 ish kuni ichida.
Manba: №466Subsidiya: klasterning tijorat krediti foizi
Subsidiya kimlarga beriladi?
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxonalarga.
Manba: №466Subsidiya nima uchun beriladi?
Paxta yetishtirish va xarid qilish uchun olingan kredit foizining bir qismini qoplash uchun.
Manba: №466Qanday kreditlar uchun amal qiladi?
12 oygacha bo‘lgan tijorat kreditlari uchun.
Manba: №466Qancha foiz qoplab beriladi?
8%dan yuqori, lekin 16% punktdan ortmagan qismi
Manba: №466Subsidiya kim tomonidan ajratiladi?
Davlat byudjeti hisobidan, Jamg‘arma orqali.
Manba: №466Arizani kim yuboradi?
Tijorat banki «Subsidiya.imv.uz» portali orqali.
Manba: №466Subsidiya olish sharti qanday?
Asosiy qarz va klaster to‘lashi lozim bo‘lgan 8% kredit foiz qismi to‘liq va o‘z muddatida to‘langan bo‘lishi kerak.
Manba: №466Subsidiya qachon to‘lanadi?
Ariza tasdiqlangandan so‘ng 5 ish kuni ichida.
Manba: №466Subsidiya qanday to‘lanadi?
Korxona hisobvarag‘iga avtomatik o‘tkaziladi
Manba: №466Qachon rad etiladi?
Kredit 12 oydan oshsa yoki foizlar va asosiy qarz to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa.
Manba: №466Subsidiya: klasterning o‘z mablag‘iga paxta xaridi
Subsidiya kimlarga beriladi?
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalarga.
Manba: №466Subsidiya nima uchun beriladi?
O‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplash uchun.
Manba: №466Qancha miqdorda subsidiya beriladi?
O‘z mablag‘lari hisobidan birjadan xarid qilingan paxta xomashyosi uchun har bir bitim bo‘yicha shakllangan EHF qiymatining 10%i.
Manba: №466Qanday paxta uchun subsidiya beriladi?
Faqat o‘z mablag‘lari hisobidan yetishtirilgan va birjada xarid qilingan paxta uchun.
Manba: №466Kredit hisobidan olingan paxtaga subsidiya beriladimi?
Yo‘q, imtiyozli yoki tijorat kreditlari hisobidan olingan paxtaga subsidiya berilmaydi.
Manba: №466Ariza qayerga beriladi?
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi To‘lovlar agentligiga «Subsidiya.imv.uz» portalidagi subsidiya oluvchining shaxsiy kabineti orqali.
Manba: №466Arizaga qanday hujjatlar kerak?
EHFlar, birja shartnomalari va to‘lov hujjatlari.
Manba: №466Maʼlumotlarni kim tekshiradi?
Birja, Soliq qo‘mitasi va tijorat banklari avtomatik tarzda.
Manba: №466Subsidiya qachon to‘lanadi?
Ariza tasdiqlangandan so‘ng 5 ish kuni ichida.
Manba: №466Qachon subsidiya rad etiladi?
Kredit hisobidan paxta olinsa, birja orqali xarid qilinmasa yoki noto‘g‘ri maʼlumot berilsa.
Manba: №466Meva, kartoshka, issiqxona va moyli ekinlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2021 yildagi PQ-52-son qaroriga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qanday maqsadlarda kreditlar ajratiladi?
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali - meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli, moyli va sholi ekinlarni yetishtirish hamda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit mablag‘lari ajratiladi
Manba: №PQ-52O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2021 yildagi PQ-52-son qaroriga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qanday shartlarda kreditlar ajratiladi?
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi.
Manba: №PQ-52O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025 yildagi PQ-269-son qaroriga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qanday maqsadlarda kreditlar ajratiladi?
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratiladi.
Manba: №PQ-269O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025 yildagi PQ-269-son qaroriga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qanday shartlarda kreditlar ajratiladi?
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz (shundan 4 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kredit mablag‘lari ajratiladi.
Manba: №PQ-269O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025 yildagi PQ-269-son qaroriga asosan ajratilayotgan kredit mablag‘lariga qanday taʼminot turlari talab qilinadi?
Jamg‘arma kredit mablag‘lari sug‘urta polisi asosida ajratiladi.
Manba: №PQ-269O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2025 yildagi PF-181-son farmoniga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qanday maqsadlarda kreditlar ajratiladi?
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali issiqxona xo‘jaliklariga hosil qiymatining 50 foizi miqdorida aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, shuningdek, chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishga kredit mablag‘lari ajratiladi.
Manba: №PF-181O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2025 yildagi. PF-181-son farmoniga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qanday shartlarda kredit mablag‘lari ajratiladi?
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali issiqxona xo‘jaliklariga hosil qiymatining 50 foizi miqdorida aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, shuningdek, chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishga 12 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) imtiyozli kreditlar ajratiladi.;
Manba: №PF-181O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2025 yildagi PQ-322-son qaroriga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qanday maqsadlarda kreditlar ajratiladi?
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun kreditlar ajratiladi
Manba: №PQ-322O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.10.2025 yildagi PQ-322-son qaroriga asosan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qanday shartlarda kreditlar ajratiladi?
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) 12 oy muddatga imtiyozli kreditlar ajratadi
Manba: №PQ-322O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.10.2025 yildagi PQ-322-son qaror talablariga asosan ajratilayotgan imtiyozli kreditlarga qanday taʼminot turlari qabul qilinadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.10.2025 yildagi PQ-322-son qaror talablariga asosan kredit qaytmasligi xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi va kafillik yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa taʼminot turlari qabul qilinadi.
Manba: №PQ-322Chorvachilik
Chorvachilik qarorining asosiy maqsadlari nima?
Qoramollar bosh sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar bosh sonini 30 milliontaga, parrandalar bosh sonini 141 milliontaga yetkazish; Chorvachilik (go‘sht va sut) mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasini 50 foizga olib chiqish; Nasldor qoramollar ulushini 90 foizga yetkazish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish; Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida ozuqabop ekinlar maydonlarini 1,5 baravarga ko‘paytirish.
Manba: №435Chorvachilik loyihalariga kredit qanday shartlarda ajratiladi?
Har bir moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha 10 (o‘n) yilgacha muddatga, yillik 6 (olti) foiz stavkada, 4 (to‘rt) yillik imtiyozli davr bilan hamda imtiyozli davr tugaganidan so‘ng qolgan muddat davomida asosiy qarzni oyma-oy teng ulushlarda qaytarish sharti asosida joylashtiradi
Manba: №435Chorvachilikda qaysi loyihalarga qancha mablag‘ ajratiladi?
Chorvachilik majmualarini tashkil qilish hamda nasldor yirik va mayda shoxli qoramol xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 milliard so‘mgacha; chorvachilikda naslli buqalar urug‘ini yetishtiradigan korxonani tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga qurilish, asbob-uskunalar va naslli qoramollar sotib olish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 (yigirma) milliard so‘mgacha;
Manba: №435Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini moliyalashtirish tartibi qaysi normativ hujjatda belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 06 avgustdagi Chorvachilik hamda baliqchilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 435-sonli qarorida belgilangan.
Manba: №435Baliqchilik
Baliqchilik farmonining Farmoning asosiy maqsadlari nima?
Baliqchilik tarmog‘ida yagona davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish; 2026-2027 yillarda hududlardagi mavjud sunʼiy suv havzalarini intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini 500 ming tonnaga oshirish; 2027 yildan boshlab respublikaning tog‘oldi hududlarida sovuq suv baliqchiligini rivojlantirib, baliq yetishtirish quvvatlarini yiliga 20 ming tonnaga yetkazish; Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda suv obyektlarini shaffof ijaraga berish mexanizmlarini keng joriy etish; Baliqchilik tarmog‘ida ishlab chiqarish, hisob-kitob va monitoring jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish orqali bshqaruv tizimini g‘amda tarmoq shaffofligini taʼminlash; 2026-2027 yillarni respublikada baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, ozuqa bazasini mustahkamashva baliq yetishtirish hajmini keskin oshirish, baliqchilik subyektlarini davlat tomonidan tizimli qo‘llab-quvvatlashning ustuvor davri deb belgilash; Har yili baliqchilik va akvakultura yo‘nalishida qo‘shimcha 100 nafar kadr tayyorlash hamda xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini kengaytirish.
Manba: №435Baliqchilik loyihalariga kredit qanday shartlarda ajratiladi?
Har bir moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha 10 (o‘n) yilgacha muddatga, yillik 6 (olti) foiz stavkada, 4 (to‘rt) yillik imtiyozli davr bilan hamda imtiyozli davr tugaganidan so‘ng qolgan muddat davomida asosiy qarzni oyma-oy teng ulushlarda qaytarish sharti asosida joylashtiradi.
Manba: №435Baliqchilikda qaysi loyihalarga qancha mablag‘ ajratiladi?
a) baliqchilik majmualarini tashkil qilish hamda naslli baliqlarni xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 (besh) milliard so‘mgacha; b) baliqchilik loyihalari, shu jumladan naslli baliqlarni yetishtirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 (yigirma) milliard so‘mgacha.
Manba: №435Baliqchilik loyihalarining moliyaviy manbasi qaysi?
Xar yili O‘zbekiston respublikasi byudjetidan 1 trln so‘m mablag‘ ajratiladi
Manba: №435Baliqchilik loyihalari bo‘yicha mablag‘ qanday tartibda ajratiladi?
Tijorat banklari bilan Jamg‘arma o‘rtasida bitim imzolanadi va mazkur bitimga asosan mablag‘lar ajratiladi .
Manba: №435