Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Jamg‘arma bo‘limlari tayyorlagan javoblar. Yo‘nalishni tanlang yoki savolingizni qidiring.

7 savol topildi

G‘alla yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi qaysi normativ hujjatda belgilangan.

G‘alla yetishtirish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qaroriga asosan.

Manba: №130
G‘alla yetishtirish xarajatlari qaysi oylarda moliyalashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 4-bandiga asosan tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1 sentyabridan moliya yilining 1 iyunigacha amalga oshiriladi.

Manba: №130
G‘alla yetishtirish xarajatlari uchun yillik necha foizdan kredit ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 13-bandiga asosan bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddat bilan urug‘lik qiymatini hisobga olgan holda 12 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi.

Manba: №130
G‘alla yetishtirish uchun kredit olishda qaysi tijorat bankiga murojaat qilish kerak.

G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklarning asosiy hisob raqami qaysi bankda ochilgan bo‘lsa o‘sha bankning bosh ofisi tomonidan Jamg‘armaga buyutma taqdim etiladi.

Manba: №130
G‘alla yetishtirishda agrotexnik tadbir tushunchasi.

Agrotexnik tadbir bu g‘alla yetishtirish davomida yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.

Manba: №130
G‘alla yetishtirishda bank tomonidan kredit ajratilishida taʼminot yo‘q bo‘lsa qanday ajratiladi.

qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi yoki qarz oluvchining bo‘lg‘usi hosilni sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi taqdim etiladi.

Manba: №130
G‘alla yetishtirish uchun ajratilgan kredit qaysi tashkilot tomonidan monitoring qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarorining 18-bandiga asosan Tijorat banki sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda sug‘urta shartnomasi asosida har bir qarz oluvchi bo‘yicha bug‘doy ekinining holatini va bo‘lajak hosilning berilgan kreditlar qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring o‘rnatadi.

Manba: №130