Savol-javob
Ko‘p so‘raladigan savollar
Jamg‘arma bo‘limlari tayyorlagan javoblar. Yo‘nalishni tanlang yoki savolingizni qidiring.
4 savol topildi
Fermer xo‘jaliklari tomonidan urug‘lik bug‘doy tayyorlash korxonalariga topshirilgan urug‘lik bug‘doy uchun hisob-kitoblar qanday tartibda amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi “2026-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni bug‘doy bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarorining 6a-bandiga asosan urug‘lik tayyorlash korxonalari qabul qilingan urug‘lik bug‘doy uchun hisob-kitoblarni Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga joylashtiriladigan kredit resurslari hisobidan ikki bosqichda amalda oshiradi: birinchi bosqichda – urug‘lik bug‘doyning har tonnasiga joriy yil hosili 3-sinf bug‘doyi uchun birjada eʼlon qilingan o‘rtacha narxda; ikkinchi bosqichda – urug‘lik sifatida amalda sotilgan (elektron hisob-faktura asosida) bug‘doyning har tonnasi uchun Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 12 oktyabrdagi 641-son qarorida boshoqli don urug‘larining avlodlari uchun belgilangan ustamalarni qo‘llagan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Manba: №304Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash qanday tartibda hisoblanidi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2021 yil 12 oktyabr 641-son qarori bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM”ning 9-bandiga asosan Urug‘lik tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xarid qilingan urug‘lik don O‘zbekiston Respublikasining Davlatstandarti (Oʻz DSt 2823:2014 «Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari navdorlik va ekish sifatlari. texnikaviy shartlar») talablariga mos bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozortamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son qaroriga muvofiq original (superelita) boshoqli don urug‘i uchun 130foiz, elita uchun 80 foiz va I-avlod (R-1) uchun 60 foiz miqdorida ustama hisoblanadi.
Manba: №PQ-4634Jamg‘arma” kredit resurslarini “Tijorat banki”ga joylashtirishni qanday tartibda amalga oshiriladi.
“Jamg‘arma” kredit resurslarini “Tijorat banki”ga urug‘lik bug‘doyni xarid qilish, tayyorlash va sug‘urta xarajatlarini kreditlash uchun yillik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridan 4 foiz (bank marjasi) kamaytirilgan stavkada (Markaziy banki asosiy stavkasi o‘zgarganda ustama haq xam o‘zgaradi) ustama haq (foiz) to‘lash sharti asosida 12 oy muddatga, shundan 6 oy imtiyozli davr bilan, kredit resurslarni asosiy qismini keyingi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan joylashtiradi.
Manba: №304Vaqtincha saqlashga topshirgan bug‘doyni birjaga qo‘yish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yil g‘alla hosili bo‘yicha qabul qilinadigan qarorga muvofiq, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan tovar bug‘doyni keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tijorat vakillari omborlarida vaqtincha saqlashga qabul qilish belgilangan. - tovar bug‘doyni birja savdolarida sotish uchun tijorat vakillari tomonidan “dxarid.uz” axborot tizimi orqali ombor guvohnomalarini bug‘doy yetishtiruvchilarga elektron ko‘rinishda taqdim etishga; - tovar bug‘doyni birja savdolari sotish uchun bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan ombor guvohnomalari hamda arizalariga asosan birja kontraktlarini ochishga ruxsat berilgan. Qoraqalpg‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yilning iyul-oktyabr oylarida Iqtisodiyot va moliya vazirligining har bir oy uchun birja savdolariga bug‘doy qo‘yish prognozlari asosida hududlar va fermer xo‘jaliklari kesimida oylik grafik shakllantiriladi va umumlashtirish uchun Respublika tovar xomashyo birjasi va Jamg‘armaga taqdim etiladi.
Manba: №304