Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Jamg‘arma bo‘limlari tayyorlagan javoblar. Yo‘nalishni tanlang yoki savolingizni qidiring.

20 savol topildi

Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash qaysi nizom bilan tartibga olingan

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.12.2023 yildagi 680-son qarori paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash nizomi hisoblanadi.

Manba: №680
Qarz oluvchi kim?

paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar (fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari), urug‘chilik xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari yoki to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar.

Manba: №680
Kredit olish uchun ariza qaysi tizim orqali beriladi?

Qarz oluvchi kredit olish uchun arizani «Agroplatforma» axborot tizimi orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga taqdim etadi.

Manba: №680
Paxta xom ashyosining narxi qanday aniqlanadi?

Nyu-York birjasidagi paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasi haqidagi maʼlumot asosida shakllantiriladi.

Manba: №680
Paxta xomashyosi qiymati nima?

paxta xomashyosi qiymati — tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (tsentner/gektar) hamda eʼlon qilingan narx asosida hisoblangan qiymat.

Manba: №680
Fyuchers shartnomasi nima?

Fyuchers shartnomasi — tegishli yil hosilidan paxta xom ashyosini yig‘im-terim davrida yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimidir.

Manba: №680
Fyuchers shartnomalari qaysi muddatlarda tuziladi?

Amaldagi tartibga ko‘ra, paxta xom ashyosi uchun fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 iyuniga qadar tuziladi.

Manba: №680
Jamg‘arma va tijorat banklari o‘rtasida paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash to‘g‘risida Bitim qachon tuziladi?

Tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1 oktyabriga qadar;.

Manba: №680
Jamg‘arma va tijorat banklari o‘rtasida fyuchers shartnomasi asosida paxta xom ashyosini yetishtiruvchilardan xarid qilingan paxta xom ashyosining yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risida Bitim qachon tuziladi?

tegishli moliya yilining 20 avgustiga qadar bitim tuziladi.

Manba: №680
Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlarning muddatlari?

Moliya yilidan oldingi yilning 1 oktyabridan moliya yilining 1 sentyabriga qadar amalga oshiriladi.

Manba: №680
Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini va paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlashning boshlanish muddati qachon?

Moliya yilining 1 sentyabridan boshlanadi.

Manba: №680
Fermer xo‘jaliklariga paxta yetishtish xarajatlari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?

Paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha miqdorida, yillik 10 foiz stavkada, 14 oy muddatga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.

Manba: №680
Fermer xo‘jaliklariga paxta yig‘im-terimi xarajatldari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?

Paxta xom ashyosining yalpi qiymatining 30 foizigacha miqdorida, yillik 10 foiz stavkada 4 oy muddatga kredit ajratiladi.

Manba: №680
Urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terimi xarajatldari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?

urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratiladi;.

Manba: №680
Paxta to‘qimachilik klasterlariga paxta yetishtish xarajatlari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?

еr uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 18 oy muddatga (bunda kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi), 12 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratiladi;.

Manba: №680
Paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?

paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 100 foizigacha yillik 14 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi

Manba: №680
Fyuchers shartnomasi bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun to‘lovning qancha qismi uch ish kunida to‘lanadi?

To‘lovning 80 foizi paxta qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.

Manba: №680
Fyuchers shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar qaysi muddatgacham to‘liq amalga oshirishi lozim?

Moliya yilining 31 dekabr kuniga qadar birjaning kliring tizimi orqali amalga oshirishi lozim.

Manba: №680
Fyuchers shartnomasi bo‘yicha natura shaklida hisob-kitob qilish mumkinmi?

Yo‘q. Xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida fyuchers shartnomalari bo‘yicha natura shaklida hisob-kitob qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Manba: №680
Spot shartnomasi nima?

Spot shartnomasi — birja tovarini qisqa muddatda, belgilangan yetkazib berish shartlari asosida sotish va sotib olishni nazarda tutuvchi shartnoma.

Manba: №680