Paxta · Subsidiya
Subsidiya: imtiyozli kreditni muddatidan oldin qaytarganlarga foiz qaytarish
Imtiyozli kreditni hosil yili yakuniga qadar to‘liq qaytargan paxta yetishtiruvchilarga to‘langan foizning bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi.
Shartlar
Stavkalar qarz oluvchi to‘laydigan miqdorda ko‘rsatilgan — bank marjasi shu ichida. Yakuniy shartlar tijorat banki bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Hosil yilining 31-dekabriga qadar (muddatidan oldin) so‘ndirilgan
Fermer xo‘jaliklari- Ulush
- 5%
Foiz to‘lovlarining 5 foiz qismi qaytariladi.
Hosil yilidan keyingi yilning 1-apreliga qadar (o‘z muddatida) so‘ndirilgan
Fermer xo‘jaliklari- Ulush
- 2,5%
Foiz to‘lovlarining 2,5 foiz qismi qaytariladi.
Qanday ishlaydi
Arizani imtiyozli kredit bergan tijorat bankining Bosh ofisi «Subsidiya.imv.uz» portali orqali topshiradi. Kredit yoki foiz to‘liq to‘lanmagan, qarzdorlik mavjud yoki maʼlumotlar mos kelmaganda rad etiladi.
Shu dastur bo‘yicha savollar
Kimlar ushbu subsidiyadan foydalana olmaydi?
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik korxonalari.
Subsidiya nima uchun beriladi?
Imtiyozli kredit bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining bir qismini qaytarish uchun.
Subsidiya uchun kim ariza beradi?
Imtiyozli kredit bergan tijorat bankining Bosh ofisi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi To‘lovlar agentligiga «Subsidiya.imv.uz» portali orqali ariza topshiradi.
Ariza qayerga yuboriladi?
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi To‘lovlar agentligiga «Subsidiya.imv.uz» portali orqali tijorat banklarining Bosh ofislari tomonidan ariza qoldiriladi.
Subsidiya qachon to‘lab beriladi?
Ariza tasdiqlangandan keyin 5 ish kuni ichida.
Kimlar foiz subsidiyasini olishi mumkin?
Imtiyozli kreditni hosil yili yakuniga qadar to‘liq qaytargan paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlari.
Subsidiya miqdori qancha?
Hosil yilining 31 dekabriga qadar (muddatidan oldin) so‘ndirilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining 5 foiz qismi. Hosil yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar (o‘z muddatida) so‘ndirilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining 2,5 foiz qismi
Kredit qachongacha to‘liq qaytarilishi kerak?
Hosil yilining 31 dekabriga qadar (muddatidan oldin so‘ndirilganda kredit foizi uchun 5% subsidiya beriladi). Hosil yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar (o‘z muddatida so‘ndirilganda kredit foizi uchun 2,5% subsidiya beriladi).