Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Paxta · Subsidiya

Subsidiya: klasterlarga tijorat krediti foizini qoplash

Paxta-to‘qimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalarga paxta yetishtirish va xarid qilish uchun olingan tijorat krediti foizining bir qismi qoplanadi.

Shartlar

Stavkalar qarz oluvchi to‘laydigan miqdorda ko‘rsatilgan — bank marjasi shu ichida. Yakuniy shartlar tijorat banki bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqaruvchilar

Paxta-to‘qimachilik klasterlari
Stavka
8%

Stavkaning 8 foizdan yuqori, lekin 16 foiz punktdan ortmagan qismi qoplab beriladi.

Qanday ishlaydi

Faqat 12 oygacha bo‘lgan tijorat kreditlari uchun. Asosiy qarz va klaster to‘lashi lozim bo‘lgan 8 foiz kredit foiz qismi to‘liq va o‘z muddatida to‘langan bo‘lishi shart. Ariza tijorat banki tomonidan «Subsidiya.imv.uz» portali orqali topshiriladi, subsidiya korxona hisobvarag‘iga avtomatik o‘tkaziladi.

Shu dastur bo‘yicha savollar

Qancha foiz qoplab beriladi?

8%dan yuqori, lekin 16% punktdan ortmagan qismi

Subsidiya kim tomonidan ajratiladi?

Davlat byudjeti hisobidan, Jamg‘arma orqali.

Arizani kim yuboradi?

Tijorat banki «Subsidiya.imv.uz» portali orqali.

Subsidiya olish sharti qanday?

Asosiy qarz va klaster to‘lashi lozim bo‘lgan 8% kredit foiz qismi to‘liq va o‘z muddatida to‘langan bo‘lishi kerak.

Subsidiya qachon to‘lanadi?

Ariza tasdiqlangandan so‘ng 5 ish kuni ichida.

Subsidiya kimlarga beriladi?

Paxta-to‘qimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxonalarga.

Subsidiya nima uchun beriladi?

Paxta yetishtirish va xarid qilish uchun olingan kredit foizining bir qismini qoplash uchun.

Qanday kreditlar uchun amal qiladi?

12 oygacha bo‘lgan tijorat kreditlari uchun.

Ko‘p so‘raladigan savollar
Subsidiya: klasterlarga tijorat krediti foizini qoplash — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi