Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Texnika · Lizing

Imtiyozli texnika lizingi

Jamg‘arma mahalliy ishlab chiqaruvchilarning g‘alla o‘rish kombaynlari va paxta terish mashinalari uchun lizing korxonalariga imtiyozli resurs ajratadi.

Shartlar

Stavkalar qarz oluvchi to‘laydigan miqdorda ko‘rsatilgan — bank marjasi shu ichida. Yakuniy shartlar tijorat banki bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Lizing korxonalari orqali fermer xo‘jaliklariga

Lizing tashkilotlari
Muddat
10 yil

Stavka — amaldagi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida.

Lizing korxonalari orqali paxta-to‘qimachilik klasterlariga

Paxta-to‘qimachilik klasterlari
Muddat
7 yil

Stavka — amaldagi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida.

Qanday ishlaydi

Jamg‘arma mablag‘i fermer hisobvarag‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydi: mablag‘ belgilangan tartibda lizing tashkilotiga ajratiladi, lizing tashkiloti esa texnika ishlab chiqaruvchisi yoki uning rasmiy dileri bilan hisob-kitob qiladi. Ushbu resurslar hisobidan sotib olingan texnika uchun amaldagi subsidiyalar qo‘llanilmaydi.

Shu dastur bo‘yicha savollar

Jamg‘arma tomonidan ajratilgan imtiyozli resurslar hisobidan sotib olingan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun amaldagi subsidiyalar qo‘llaniladimi?

Jamg‘arma tomonidan lizing korxonalar orqali fermer xo‘jaliklari hamda paxta to‘qimachilik klasterlariga ajratilgan imtiyozli resurslar hisobidan sotib olingan g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari uchun amaldagi subsidiyalar qo‘llanilmaydi.

Jamg‘arma mablag‘i fermerning hisobvarag‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadimi?

Yo‘q. Mazkur mexanizmda Jamg‘arma mablag‘lari belgilangan tartibda lizing tashkilotiga ajratiladi. Lizing tashkiloti esa texnika ishlab chiqaruvchisi yoki uning rasmiy dileri bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan qaysi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun imtiyozli resurs mablag‘lari ajratiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424-sonli qaroriga asosan Jamg‘arma tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yani O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari uchun imtiyozli resurs mablag‘lari lizing korxonalariga ajratiladi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari uchun Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan resurslar shartlari qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi 424- sonli qarori shartlariga muvofiq Jamg‘arma tomonidan lizing korxonalari orqali fermer xo‘jaliklariga 10 yil muddatga, paxta to‘qimachilik klasterlariga 7 yil muddatga amaldagi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizi stavkasi miqdorida resurslar ajratiladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar