Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Paxta · Imtiyozli kredit

Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash

Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari paxta yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit ajratadi. Kredit miqdori tuproq bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik va eʼlon qilingan narx asosida hisoblanadi.

Shartlar

Stavkalar qarz oluvchi to‘laydigan miqdorda ko‘rsatilgan — bank marjasi shu ichida. Yakuniy shartlar tijorat banki bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Paxta yetishtiruvchilar va urug‘chilik xo‘jaliklari

Fermer xo‘jaliklari
Ulush
60%
Stavka
10%

shundan bank marjasi 2%

Muddat
14 oy
Imtiyozli davr
12 oy

Barqarorlik reytingi chegirmasi: «A» toifa −2%, «B» toifa −1%

Qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz. Barqarorlik reytingi «A» va undan yuqori toifadagi korxonalarga stavka 2 foiz, «B» toifaga 1 foiz pasaytiriladi.

Yer uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari

Paxta-to‘qimachilik klasterlari
Ulush
60%
Stavka
10%

shundan bank marjasi 2%

Muddat
18 oy
Imtiyozli davr
12 oy

Barqarorlik reytingi chegirmasi: «A» toifa −2%, «B» toifa −1%

Kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi, so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda.

To‘lovni hisoblash

Stavka va muddat qarorda belgilangan — ular o‘zgartirilmaydi. Siz faqat hosil (yoki aktiv) qiymatini kiriting.

Kim uchun

500 000 000 so‘m
50 mln20 mlrd

Hisoblash usuli

Kalendar shu oydan boshlab haqiqiy oylar bilan chiziladi.

Barqarorlik reytingi chegirmasi

Kredit miqdori

300 000 000

Ulush 60% · Stavka 10%

Oylik to‘lov
151 877 593
Imtiyozli davr · 12 oy
2 500 000
Foizlar ustamasi
33 755 187
Jami to‘lov
333 755 187

Taxminiy hisob-kitob. Yakuniy shartlar ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng tijorat banki bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.

To‘lov kalendari

Har bir katak — bitta oylik to‘lov. Rang to‘lovning nisbiy og‘irligini ko‘rsatadi; katak ustiga kelsangiz tafsiloti chiqadi.

YanFevMarAprMayIynIylAvgSenOktNoyDek
  • 2026
    7 500 000
  • 2027
    326 255 187
kamko‘pImtiyozli davr

Har bir katak — bitta oylik to‘lov. Rang to‘lovning nisbiy og‘irligini ko‘rsatadi; katak ustiga kelsangiz tafsiloti chiqadi.

Qanday ishlaydi

Ariza «Agroplatforma» axborot tizimi orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga topshiriladi va 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Fyuchers shartnomasi «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJning paxta xomashyosi seksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, kredit shartnomasi tuzilmaydi. Kreditlash moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabridan moliya yilining 1-sentabrigacha amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar

  • Fyuchers shartnomasi
  • Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat
  • G‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma

Shu dastur bo‘yicha savollar

Kredit olish uchun ariza qaysi tizim orqali beriladi?

Qarz oluvchi kredit olish uchun arizani «Agroplatforma» axborot tizimi orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga taqdim etadi.

Paxta xomashyosi qiymati nima?

paxta xomashyosi qiymati — tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (tsentner/gektar) hamda eʼlon qilingan narx asosida hisoblangan qiymat.

Fyuchers shartnomalari qaysi muddatlarda tuziladi?

Amaldagi tartibga ko‘ra, paxta xom ashyosi uchun fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 iyuniga qadar tuziladi.

Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlarning muddatlari?

Moliya yilidan oldingi yilning 1 oktyabridan moliya yilining 1 sentyabriga qadar amalga oshiriladi.

Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini va paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlashning boshlanish muddati qachon?

Moliya yilining 1 sentyabridan boshlanadi.

Urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terimi xarajatldari uchun qancha miqdorda kredit ajratiladi?

urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratiladi;.

Fyuchers shartnomasi bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun to‘lovning qancha qismi uch ish kunida to‘lanadi?

To‘lovning 80 foizi paxta qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.

Fyuchers shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar qaysi muddatgacham to‘liq amalga oshirishi lozim?

Moliya yilining 31 dekabr kuniga qadar birjaning kliring tizimi orqali amalga oshirishi lozim.

Ko‘p so‘raladigan savollar