Paxta-2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
10 noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qarori talablariga asosan tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorligidan kelib chiqib, 2022 yilgi paxta hosili uchun paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga jami
9,8 trln so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Tijorat banklarining buyurtmalariga asosan joriy yilning
1 avgust holatiga 2022 yilgi paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlari uchun jami 7 trln. 983 mlrd. so‘m, shundan paxta-to‘qimachilik klasterlariga 7 trln. 966 mlrd. so‘m va elita urug‘chilik xo‘jalik korxonalariga 17 mlrd. so‘m imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida tijorat banklariga moliyalashtirib berildi.
G‘alla-2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
15 noyabrdagi “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”
PQ-10-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qaroriga asosan 2022 yil g‘alla hosili yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan 3,9 trln. so‘m mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib berildi.


