O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalanuvchilarning harakatlarini va ishlaydigan kompyuterlarda tizim hodisalarini monitoring qilish uchun dasturiy ta’minot majmuasini xarid qilish bo‘yicha tender boshlanganligini e’lon qiladi. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan. Foydalanuvchilar soni: 15. Yetkazib beruvchi sotuvchidan ruxsatnomani, amaldagi sotuvchi sertifikatini va texnik sertifikatni taqdim etishi shart.
Takliflarni qabul qilishning boshlanish sanasi: 26.09.2022
Takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati: 30.09.2022 y
Takliflar sadullaev@fsf.gov.uz pochta orqali qabul qilinadi
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi raqam bilan bog‘laning: (+99890) 991-96-94 Sadullayev Marat


