Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar1768 ko‘rildi

Hurmatli fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025 yildagi PF-7-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 06.03.2025…

Hurmatli fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025 yildagi
PF-7-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 06.03.2025 yildagi 145-son қарорига asosan paxtachilik sohasida 2025 yil hosilidan boshlab quyidagi subsidiyalar joriy qilindi.

Fermer xo‘jaliklariga:

1)  paxta xom ashyosini o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xo‘jaliklarga tuzilgan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi;

2) paxta xom ashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga qadar qaytargan xo‘jaliklarga kredit foizining 4 foizlik punkti qaytarib beriladi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlariga:

1) paxta xomashyosini yetishtirish xamda xo‘jaliklardan xarid qilish uchun milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari foiz to‘lovlarining 14 foiz punktidan yuqori qismi qoplab beriladi;

2) paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilgan klasterlarga sotib olingan paxta xomashyosi bo‘yicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura qiymatining 8 foiz miqdori qoplab beriladi.

v) 2022-2023 yillar paxta xomashyosini yetishtirish va yig‘im-terimini moliyalashtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni tijorat krediti stavkasida rasmiylashtirilgan klasterlarga 2025-2026 yillarda hisoblanadigan kredit foizining 10 foiz punkti qoplab beriladi.

Barcha yangiliklar
Hurmatli fermer xo‘jaliklari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari! — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi