Kuni kecha mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni keng nishonlandi. Shu munosabat bilan sohani rivojlantirishga oʻzining samarali va fidokorona mehnati bilan munosib hissa qoʻshgan bir guruh xodimlar taqdirlandilar.
Oʻzbekiston Respublikasi, Moliya Vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlash jamgʻarmasi rahbari Abdurashid Isroilov oʻz bilim va tajribasini, kuch va gʻayratini, shijoatini xalq xizmati yoʻlida sarflashdek burchni sadoqat bilan ado etayotgani uchun TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, jamgʻarmaning agrar sohani moliyalashtirish va prognozlashtirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Mansur Norboyevga “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni tantanali topshirildi. M. Norboyev jamgʻarmada 10 yildan buyon faoliyat yuritib, qishloq xoʻjaligi sohasida uzoq yillar mobaynida orttirgan tajribasi va malakasi yordamida jamgʻarma taraqqiyotiga hissa qoʻshish bilan bir qatorda sohaga endigina qadam qoʻygan yoshlarga ustozlik qilib, oʻz tajribasi va bilimlarini oʻrgatib, oʻz kasbini sevish va unga munosib boʻlish borasida namuna boʻlib kelmoqda.


