Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar2160 ko‘rildi

IYUN oyi holatiga paxta hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari…

IYUN oyi holatiga paxta hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

10 noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qarori talablariga asosan tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ ҳосилдорлигидан kelib chiqib, 2022 yilgi paxta hosili uchun paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga jami

9,8 trln so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Tijorat banklarining buyurtmalariga asosan joriy yilning

1 iyun holatiga 2022 yilgi paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlari uchun jami 6 trln. 194 mlrd. so‘m, shundan paxta-to‘qimachilik klasterlariga 6 trln. 182 mlrd. so‘m va elita urug‘chilik xo‘jalik korxonalariga 12 mlrd. so‘m imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida tijorat banklariga moliyalashtirib berildi.

Barcha yangiliklar
IYUN oyi holatiga paxta hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi