Meva-sabzavot-2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘risida” 2021 yil 15-dekabrdagi PQ-52-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 2021 yil 11 martdagi 130-son qaroriga asosan Jamg‘arma tomonidan 2023 yil meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan jami 85,3 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratildi.



