Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar2662 ko‘rildi

Meva va sabzavotchilik sohasiga jamg‘arma tomonidan ajratilgan imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 dekabrdagi PQ–52-son qaroriga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab Moliya vazirligi xuzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab…

Meva va sabzavotchilik sohasiga jamg‘arma tomonidan ajratilgan imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
15 dekabrdagi PQ–52-son qaroriga muvofiq  2022 yil 1 yanvardan boshlab Moliya vazirligi xuzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan:

a) fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga - meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foiz bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga;

b) meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga – yetishirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada
12 oylik “revolver” kreditlar ajratiladi.

Murojaat uchun:  (71) 239-19-91,  (99) 812-11-33

Barcha yangiliklar
Meva va sabzavotchilik sohasiga jamg‘arma tomonidan ajratilgan imtiyozlar — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi