Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

YangiliklarOAV biz haqimizda7628 ko‘rildi

Moliya vazirligi huzurida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi

Jamg‘arma mablag‘laridan xususan yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini o‘z vaqtida moliyalashtirishda foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini davlat…

Moliya vazirligi huzurida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi

Jamg‘arma mablag‘laridan xususan yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini o‘z vaqtida moliyalashtirishda foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
 Nizomga ko‘ra jamg‘arma mablag‘laridan xususan yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini o‘z vaqtida moliyalashtirishda foydalaniladi.
 Jamg‘arma davlat xaridi uchun paxtaning umumiy hajmi bo‘yicha – “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan, g‘allaning umumiy hajmi bo‘yicha esa – “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Bosh bitim tuzadi.
 Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi, to‘lovlar va hisoblarni to‘liq hamda o‘z vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

www.qalampir.uz

Barcha yangiliklar
Moliya vazirligi huzurida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi