Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar1834 ko‘rildi

OKTYABR oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

Paxta-2022 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish…

OKTYABR oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

Paxta-2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

10 noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 130-son qarori talablariga asosan tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorligidan kelib chiqib, 2022 yilgi paxta hosili uchun paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga tijorat banklarining buyurtmalariga asosan 2022 yilgi paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlari uchun jami 8 trln. 580 mlrd. so‘m, shundan paxta-to‘qimachilik klasterlariga 8 trln. 563 mlrd. so‘m va elita urug‘chilik xo‘jalik korxonalariga 17 mlrd. so‘m imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida tijorat banklariga moliyalashtirib berildi.

Shuningdek, 2022 yil hosili uchun paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlariga tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarga asosan joriy yilning sentyabr oyida 1 trln. 920 mlrd. so‘m imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida ajratib berildi.

G‘alla-2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

15 noyabrdagi “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”

PQ-10-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil

11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qaroriga asosan 2023 yil g‘alla hosili yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan joriy yilning 1 oktyabr holatiga 763 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratildi.

Barcha yangiliklar
OKTYABR oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi