Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar5925 ko‘rildi

Qishloq xo‘jaligi korxonalarini texnikalar bilan ta’minlashni davlat tomonidan moliyaviy qullab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlari to‘g‘risida

Qishloq xo‘jaligi korxonalarini texnikalar bilan ta’minlashni davlat tomonidan moliyaviy qullab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 apreldagi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-sonli qarori asosida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi ”Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi      578-sonli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning respublikada ishlab chiqarilgan quyidagi

- barcha turdagi traktorlar, ya’ni, haydov, chopiq, transport va bog‘dorchilik traktorlari;

- ko‘p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalar;

- uch yoki undan ortiq korpusli aylanma omochlarni kredit yoki lizingga xarid qilinganda kredit yoki lizing shartnomalari bo‘yicha foiz xarajatlarining 10 foizlik punkti miqdorida qoplab berilishi belgilandi.

Bugungi kunda, ushbu qarorlar asosida Jamg‘arma bilan ATB “Agrobank”, AT “Hamkorbank” va “Asaka-trans-leasing” MCHJlar bosh kelishuvni imzolagan.

Barcha yangiliklar
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini texnikalar bilan ta’minlashni davlat tomonidan moliyaviy qullab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlari to‘g‘risida — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi