Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar2605 ko‘rildi

Qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 noyabrdagi PQ–7-son qaroriga asosan 2022 yil 1 yanvardan boshlab mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan mahalliy ishlab…

Qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
11 noyabrdagi PQ–7-son qaroriga asosan 2022 yil 1 yanvardan boshlab mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatli dilerlik tashkilotlari tomonidan yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun quyidagi subsidiyalardan bir vaqtda foydalaniladi:

  1. Xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining
    15 foizi miqdori qoplanadi.
  2. Qishloq xo‘jaligi texnikasi kredit yoki lizing shartlari asosida harid qilinganda foiz harajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda joriy etilgan subsiyadilardan foydalanish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki yoki lizing tashkilotiga murojaat qilishlari mumkin.

Subsidiya shartlari bilan Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining agrofin.uz saytida  tanishishlari mumkin.

Murojaat uchun:  (71) 239-19-91,  (95) 197-10-01, (99) 898-10-01

Barcha yangiliklar
Qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi