Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar3027 ko‘rildi

Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan 2021 yil avgust oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

Paxta-2021 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4633-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 11 martdagi 130-son qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligining…

Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan 2021 yil avgust oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan  hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

Paxta-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4633-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 11 martdagi

130-son qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligining hisob-kitobiga ko‘ra 2021 yilgi paxta hosili uchun tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorligidan kelib chiqib olinadigan paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga jami

8,1 trln so‘m mablag‘ talab etiladi.

Jumladan,joriy yilning 1 avgust holatiga 2021 yilgi paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini uchun paxta-to‘qimachilik klasterlariga 6 trln. 060 mlrd. so‘m hamda fermer xo‘jaliklariga 697 mlrd. so‘m jami 6 trln. 757 mlrd. so‘m imtiyozli kredit resurslari o‘z vaqtida tijorat banklariga moliyalashtirib berildi.

G‘alla-2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son qaroriga asosan 2021 yil g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan

4,5 trln. so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 1,3 trln so‘m ko‘p mablag‘ ajratildi.

G‘alla-2021 (Yakuniy hisob-kitob)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 maydagi
304-son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid qilishga
2 434,4 ming tonna rejalashtirilgan. Shundan, tovar don 2 150 ming tonna va urug‘lik don 284,4 ming tonnani tashkil etadi. Buning uchun Jamg‘armadan 4,2 trln.so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. 2021 yil

1 avgustga qadar Jamg‘arma tomonidan 2021 yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid uchun jami 3,3 trln.so‘m ajratildi.

Barcha yangiliklar
Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan 2021 yil avgust oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan hamda rejalashtirilayotgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi