Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar4674 ko‘rildi

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xaridi uchun ajratiladigan subsidiyalar to‘g‘risida ma’lumot

Jamg‘arma tomonidan 2 xil yo‘nalishda subsidiya ajratilmoqda. Jumladan: 1. Vazirlar Mahkamasining 12.07.2019 yildagi 578-son qaroriga asosan, xarid qilingan texnikaning ( traktorlar, aylanma…

Jamg‘arma tomonidan 2 xil yo‘nalishda subsidiya ajratilmoqda. Jumladan:

1. Vazirlar Mahkamasining 12.07.2019 yildagi 578-son qaroriga asosan, xarid qilingan texnikaning (traktorlar, aylanma omochlar, pnevmatik va mexanik ekish seyalkalar) kredit yoki lizing foiz xarajatlarining 10 foizlik punkti miqdorigacha;

2. Vazirlar Mahkamasining 26.11.2019 yildagi 952-son qaroriga asosan, mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam bo‘lmagan texnika xaridi uchun texnika qiymatining 15 foiz miqdorida.

2020 yilda jami 681 dona texnika uchun 11,2 mlrd.so‘m subsidiya, shundan 540 dona texnikani kredit va lizing foiz xarajatini qoplab berishga 8,8 mlrd.so‘m, mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam bo‘lmagan 141 dona texnikani 15 foizini qoplab berishga 2,4 mlrd.so‘m, ajratilgan.

Qarorlarda subsidiya ajratish shartlari belgilangan.Jumladan:

-subsidiya oluvchi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi sub’ektlar, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlari hamda mexanizatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar bo‘lishligi;

 -texnikani kamida 1 yillik kafolat muddati va servis xizmati ko‘rsatuvchi markazlari bo‘lishligi;

-lizing yoki kredit oluvchilar tomonidan texnikani 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘langaniligi;

-sotib olingan kunda ishlab chiqarilgani bir yildan oshgan mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam bo‘lmasligi;

Shuningdek, texnika byudjet mablag‘lari, davlat kafolati ostida olingan xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning kreditlari hisobiga imtiyozli shartlarda xarid qilinganda yoki boshqa subsidiya shartlari qo‘llanilganda subsidiya ajratish rad etiladi.

Ma’lumot uchun:

 “O‘zavtosanoat” AJ ma’lumoti bo‘yicha “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnika zavodi” AJ tomonidan 2020 yilda jami 900 dona texnikalar sotilgan, shundan 340 dona (38%) texnika (170 dona “XUM MX-1,8”, 170 dona traktor “TTZ-811”) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2020 yildagi PQ-4828-son qaroriga asosan imtiyozli kredit asosida sotilgan.

Barcha yangiliklar
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xaridi uchun ajratiladigan subsidiyalar to‘g‘risida ma’lumot — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi