TOSHKENT (Turon24) — Ikromjon Urazkulov Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq ho‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining direktori etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanali xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini o‘z vaqtida moliyalashtirish Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ikromjon Urazkulov bungacha Respublika fond birjasi boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozmida ishlab kelayotgan edi.



