Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar6267 ko‘rildi

Qishloq xo‘jalik korxonalariga yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmi to‘g‘risida

Prezidentimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini zamonaviy unumli texnikalar va agregatlar bilan ta’minlashga so‘nggi yillarda alohida e’tibor qaratilib, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan…

Qishloq xo‘jalik korxonalariga yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmi to‘g‘risida

Prezidentimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini zamonaviy unumli texnikalar va agregatlar bilan ta’minlashga so‘nggi yillarda alohida e’tibor qaratilib, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, birgina so‘ngi 2018 yilda qishloq xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishni moliyalashtirish uchun 2 trln. 237 mlrd. so‘m mablag‘, shu jumladan 1 trln. 667 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari jalb etildi.

Lekin, bugungi kunda texnika parkining 25 foizdan ortig‘i 15 yildan ortiq qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinmoqda. Shu sababli qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika va agregatlar bilan ta’minlash ishlarini izchil davom ettirish talab etiladi.

Shu sababli, qishloq xo‘jaligini texnikalar bilan o‘z vaqtida ishonchli ta’minlash hamda tijorat banklari mablag‘larini jalb etgan holda moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq xo‘jalik korxonasining talabiga binoan respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, jumladan haydov, chopiq, transport va bog‘dorchilik traktorlari, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda ko‘p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalarni imtiyozli foizlarda yetkazib berilishini ta’minlashdir.

Shu maqsadda ushbu qaror bilan lizing yoki kredit shartlarida yetkazib berilgan qishloq xo‘jalik texnikalari uchun belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida foiz xarajatlarini qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi belgilanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvalash jamg‘armasining, rasmiy sahifalarini endi ijtimoy tarmoqlarda kuzatib borishingiz mumkin.

Facebook:https://www.facebook.com/agrofin.uz/

Instagram:https://www.instagram.com/agrofin/

Telegram: https://t.me/agrofinu

Barcha yangiliklar
Qishloq xo‘jalik korxonalariga yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmi to‘g‘risida — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi