Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar27 ko‘rildi

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridi uchun ajratilayotgan subsidiyalarning 2021 yil Iyul oyi holatiga koʻra malumot

Bugungi kunga qadar Jamgʻarma tomonidan 2 xil yoʻnalishda subsidiya ajratilib kelinmoqda. Jumladan: I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 578-son “Qishloq xoʻjaligi…

Matn avtomatik o‘girilgan. Ushbu til uchun matn kirill alifbosidan mashina yordamida o‘girilgan va tahririyat tomonidan hali tasdiqlanmagan.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridi uchun ajratilayotgan subsidiyalarning 2021 yil Iyul oyi holatiga koʻra malumot

Bugungi kunga qadar Jamgʻarma tomonidan 2 xil yoʻnalishda subsidiya ajratilib kelinmoqda. Jumladan:

                I.           Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil

12 iyuldagi 578-son “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan (traktorlar, aylanma omochlar, pnevmatik va mexanik ekish seyalkalar) kredit yoki lizing foiz xarajatlarining 10 foizlik punkti miqdorigacha;

             II.            Mahalliylashtirish darpajasi 20 foizdan kam boʻlmagan texnikalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida” 952-son qaroriga asosan texnika qiymatining 15 foiz miqdorida.

 Reja boʻyicha 2021 yilda ushbu maqsadlar uchun 55,0 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratilishi belgilangan boʻlib, hozirda jami 903 dona texnika uchun 9,6 mlrd.soʻm subsidiya ajratilgan boʻlib, shundan 725 dona texnikani kredit va lizing foiz xarajatini qoplab berishga 7,0 mlrd.soʻm, mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam boʻlmagan 178 dona texnikani 15, 30 foizini qoplab berishga 2,6 mlrd.soʻm ajratilgan.

 Yuqoridagi qarorlar talablariga muvofiq, subsidiya ajratish shartlarida quyidagilar belgilangan:

- subsidiya oluvchi - qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlar, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlari hamda mexanizatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar boʻlishligi;

- texnikani kamida 1 yillik kafolat muddati va servis xizmati koʻrsatuvchi markazlari boʻlishligi;

- lizing yoki kredit oluvchilar tomonidan texnikani 20 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans toʻlanganiligi;

- sotib olingan kunda ishlab chiqarilgani bir yildan oshgan mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam boʻlmasligi;

 Shuningdek, texnika byudjet mablagʻlari, davlat kafolati ostida olingan xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning kreditlari hisobiga imtiyozli shartlarda xarid qilinganda yoki boshqa subsidiya shartlari qoʻllanilganda subsidiya ajratish rad etiladi.

 Maʼlumot uchun:

 “Oʻzavtosanoat” AJ maʼlumoti boʻyicha “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnika zavodi” AJ tomonidan 2020 yilda jami 900 dona texnikalar sotilgan, shundan 340 dona (38%) texnika (170 dona “XUM MX-1,8”, 170 dona traktor “TTZ-811”) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2020 yildagi PQ-4828-son qaroriga asosan imtiyozli kredit asosida sotilgan.

Barcha yangiliklar
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridi uchun ajratilayotgan subsidiyalarning 2021 yil Iyul oyi holatiga koʻra malumot — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi