Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar1817 ko‘rildi

Un ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!!!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 yanvardagi topshirig‘iga asosan, Qishloq xo‘jaligini davlat…

Un ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!!!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil
13 yanvardagi topshirig‘iga asosan, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan davlat resursiga qabul qilingan tovar bug‘doy hajmlari un ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun har bir tonnasi uchun 2,4 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan birja savdolariga qo‘yilib boshlandi.

Mazkur topshiriq bilan 2025 yil 1 apreldan boshlab mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotini hech qanday cheklovlarsiz tashqi bozorlarda sotishga ruxsat etilmoqda!

Jamg‘arma tomonidan birja savdolariga qo‘yilayotgan tovar bug‘doy xaridini amalga oshiring hamda ushbu hajmlardan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini cheklovlarsiz ichki bozorda sotish yoki quyida keltirilgan shartnomalar bo‘yicha xarid qilingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan un mahsulotini eksport qilish orqali daromadingizni oshiring!

Shartnoma raqamlari:

Yuklash joyi Birja shartnoma
raqami
Yuklash joyi Birja shartnoma
raqami
"Buxorodonmahsulotlari" AJ 97813 "Shofirkon" Д ҚҚШ 87532
"Vobkent" DQQSH 87541 "Qo‘rg‘on" DQQSH 87544
"Yakkatut" DQQF 90264 "Batosh" DQQSH 87529
"Muborak" don filiali 87536 "G‘uzor" un filiali 87537
"Dunyo-M" AJ 97810
97811
97812
"Nuriston" DQQSH 87520
"Namangandonmahsulotlari" AJ 97808
97809
"Popdonmahsulotlari" AJ 97800
97803
"Surxondaryodonmahsulotlari" AJ 97801 "Muzrabod" DQQSH 87548
"Alpomish" un tegirmoni 87550 "Sho‘rchidonmahsulotlari" AJ 97837
"Toshkentdonmahsulotlari" AJ 97802
97805
97804
Bekobod un filiali 87568
"Bog‘doddonmaxsulotlari" AJ 97836 "Qo‘qondonmahsulotlari" AJ 97807
"Xorazmdonmaxsulotlari" AJ 97806

Jamg‘armaning ishonch telefoni: 71-239-02-19

Barcha yangiliklar
Un ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!!! — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi