Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Yangiliklar1648 ko‘rildi

Yanvar oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

Paxta-2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish…

Yanvar oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

Paxta-2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

10 noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 130-son qarori talablariga asosan 2023 yilgi paxta hosili yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish (kuzgi shudgorlashni va ekin maydonlariga zarur mineral o‘g‘itlarni yetkazib berishni ta’minlash) uchun tijorat banklarining buyurtmalariga asosan Jamg‘arma tomonidan

2022 yilning dekabr oyida 151 mlrd. so‘m imtiyozli kredit resurslari moliyalashtirib berildi.

G‘alla-2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

15 noyabrdagi “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”

PQ-10-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil

11 martdagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” 130-son qaroriga asosanJamg‘arma tomonidan 2023 yil g‘alla hosili yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan jami 3 trln.

632 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratildi.

Barcha yangiliklar
Yanvar oyi holatiga paxta va g‘alla hosili yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi