Tanlov yordamchisi
Sizga mos moliyalashtirishni toping
Uchta savolga javob bering — Jamg‘armaning qaysi dasturlari sizga tegishli ekanini, shartlari, muddati, stavkasi va kerakli hujjatlari bilan ko‘rsatamiz.
Siz uchun mavjud dasturlar
8 ta dastur topildi · Eng mos 3 tasi ko‘rsatilmoqda
- PaxtaImtiyozli kreditFermer xo‘jaliklari
Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari paxta yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit ajratadi. Kredit miqdori tuproq bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik va eʼlon qilingan narx asosida hisoblanadi.
Shartlar
- Ulush
- 60%
- Stavka
- 10%
- Muddat
- 14 oy
- Imtiyozli davr
- 12 oy
Qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz. Barqarorlik reytingi «A» va undan yuqori toifadagi korxonalarga stavka 2 foiz, «B» toifaga 1 foiz pasaytiriladi.
Dastur sahifasiKerakli hujjatlar
- Fyuchers shartnomasi
- Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat
- G‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma
- PaxtaImtiyozli kreditFermer xo‘jaliklari
Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash
Yig‘im-terim mavsumi xarajatlari uchun alohida kredit liniyasi. Kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.
Shartlar
- Ulush
- 30%
- Stavka
- 10%
- Muddat
- 4 oy
Paxta xomashyosining yalpi qiymatidan hisoblanadi.
Dastur sahifasiKerakli hujjatlar
Hujjatlar ro‘yxati dastur sahifasida va bankda aniqlashtiriladi.
- Bug‘doyImtiyozli kreditFermer xo‘jaliklari
Bug‘doy yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Fermer xo‘jaliklari, urug‘chilik xo‘jaliklari va yer uchastkasi mavjud boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun. Kreditlash agrotexnik tadbirlar muddatlariga mos ravishda oldingi yilning 1-sentabridan moliya yilining 1-iyunigacha.
Shartlar
- Ulush
- 40%
- Stavka
- 10%
- Muddat
- 12 oy
Urug‘lik qiymati hisobga olingan holda. Qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz.
Dastur sahifasiKerakli hujjatlar
- Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat
- Boshoqli don ekinini joylashtirish to‘g‘risida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma
- Klasterlar uchun — fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati