Tanlov yordamchisi
Sizga mos moliyalashtirishni toping
Uchta savolga javob bering — Jamg‘armaning qaysi dasturlari sizga tegishli ekanini, shartlari, muddati, stavkasi va kerakli hujjatlari bilan ko‘rsatamiz.
Siz uchun mavjud dasturlar
5 ta dastur topildi · Eng mos 3 tasi ko‘rsatilmoqda
- PaxtaImtiyozli kreditPaxta-to‘qimachilik klasterlari
Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari paxta yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit ajratadi. Kredit miqdori tuproq bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik va eʼlon qilingan narx asosida hisoblanadi.
Shartlar
- Ulush
- 60%
- Stavka
- 10%
- Muddat
- 18 oy
- Imtiyozli davr
- 12 oy
Kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi, so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda.
Dastur sahifasiKerakli hujjatlar
- Fyuchers shartnomasi
- Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat
- G‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma
- PaxtaImtiyozli kreditPaxta-to‘qimachilik klasterlari
Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash
Yig‘im-terim mavsumi xarajatlari uchun alohida kredit liniyasi. Kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.
Shartlar
- Ulush
- 20%
- Stavka
- 10%
- Muddat
- 12 oy
- Imtiyozli davr
- 3 oy
So‘nggi 9 oyda teng ulushlarda qaytariladi.
Dastur sahifasiKerakli hujjatlar
Hujjatlar ro‘yxati dastur sahifasida va bankda aniqlashtiriladi.
- PaxtaImtiyozli kreditTo‘qimachilik korxonalari
Paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash
Klasterlar va to‘qimachilik korxonalari fyuchers shartnomasi bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun yetishtiruvchilar bilan hisob-kitob qiladi. To‘lovning 80 foizi paxta qabul qilingan kundan uch ish kunida, qolgani 31-dekabrga qadar birjaning kliring tizimi orqali o‘tkaziladi.
Shartlar
- Ulush
- 60%
- Stavka
- 10%
- Muddat
- 12 oy
- Imtiyozli davr
- 6 oy
So‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytariladi.
Dastur sahifasiKerakli hujjatlar
Hujjatlar ro‘yxati dastur sahifasida va bankda aniqlashtiriladi.