Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Tanlov yordamchisi

Sizga mos moliyalashtirishni toping

Uchta savolga javob bering — Jamg‘armaning qaysi dasturlari sizga tegishli ekanini, shartlari, muddati, stavkasi va kerakli hujjatlari bilan ko‘rsatamiz.

Siz uchun mavjud dasturlar

6 ta dastur topildi · Eng mos 3 tasi ko‘rsatilmoqda

  • PaxtaImtiyozli kreditPaxta-to‘qimachilik klasterlari

    Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash

    Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari paxta yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit ajratadi. Kredit miqdori tuproq bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlik va eʼlon qilingan narx asosida hisoblanadi.

    Shartlar

    Ulush
    60%
    Stavka
    10%
    Muddat
    18 oy
    Imtiyozli davr
    12 oy

    Kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi, so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda.

    Kerakli hujjatlar

    • Fyuchers shartnomasi
    • Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat
    • G‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma
    Dastur sahifasi
  • PaxtaImtiyozli kreditPaxta-to‘qimachilik klasterlari

    Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash

    Yig‘im-terim mavsumi xarajatlari uchun alohida kredit liniyasi. Kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.

    Shartlar

    Ulush
    20%
    Stavka
    10%
    Muddat
    12 oy
    Imtiyozli davr
    3 oy

    So‘nggi 9 oyda teng ulushlarda qaytariladi.

    Kerakli hujjatlar

    Hujjatlar ro‘yxati dastur sahifasida va bankda aniqlashtiriladi.

    Dastur sahifasi
  • PaxtaImtiyozli kreditTo‘qimachilik korxonalari

    Paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash

    Klasterlar va to‘qimachilik korxonalari fyuchers shartnomasi bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun yetishtiruvchilar bilan hisob-kitob qiladi. To‘lovning 80 foizi paxta qabul qilingan kundan uch ish kunida, qolgani 31-dekabrga qadar birjaning kliring tizimi orqali o‘tkaziladi.

    Shartlar

    Ulush
    60%
    Stavka
    10%
    Muddat
    12 oy
    Imtiyozli davr
    6 oy

    So‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytariladi.

    Kerakli hujjatlar

    Hujjatlar ro‘yxati dastur sahifasida va bankda aniqlashtiriladi.

    Dastur sahifasi
Barcha 6 ta dasturni ko‘rish