Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

Tanlov yordamchisi

Sizga mos moliyalashtirishni toping

Uchta savolga javob bering — Jamg‘armaning qaysi dasturlari sizga tegishli ekanini, shartlari, muddati, stavkasi va kerakli hujjatlari bilan ko‘rsatamiz.

Siz uchun mavjud dasturlar

4 ta dastur topildi · Eng mos 3 tasi ko‘rsatilmoqda

  • PaxtaSubsidiyaFermer xo‘jaliklari

    Subsidiya: birjada sotilgan paxta uchun EHF qiymatining bir qismini qoplash

    O‘z mablag‘i yoki tijorat krediti hisobidan paxta yetishtirib, birjada sotgan qishloq xo‘jaligi subyektlariga elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi qaytariladi.

    Shartlar

    Ulush
    10%

    Elektron hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi, Davlat byudjeti hisobidan.

    Kerakli hujjatlar

    • STIR
    • Bank rekvizitlari
    • Elektron hisobvaraq-faktura raqami va sanasi
    • Aloqa maʼlumotlari
    Dastur sahifasi
  • PaxtaSubsidiyaFermer xo‘jaliklari

    Subsidiya: imtiyozli kreditni muddatidan oldin qaytarganlarga foiz qaytarish

    Imtiyozli kreditni hosil yili yakuniga qadar to‘liq qaytargan paxta yetishtiruvchilarga to‘langan foizning bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi.

    Shartlar

    Ulush
    5%

    Foiz to‘lovlarining 5 foiz qismi qaytariladi.

    Kerakli hujjatlar

    Hujjatlar ro‘yxati dastur sahifasida va bankda aniqlashtiriladi.

    Dastur sahifasi
  • PaxtaSubsidiyaPaxta-to‘qimachilik klasterlari

    Subsidiya: klasterlarga tijorat krediti foizini qoplash

    Paxta-to‘qimachilik klasterlari va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega korxonalarga paxta yetishtirish va xarid qilish uchun olingan tijorat krediti foizining bir qismi qoplanadi.

    Shartlar

    Stavka
    8%

    Stavkaning 8 foizdan yuqori, lekin 16 foiz punktdan ortmagan qismi qoplab beriladi.

    Kerakli hujjatlar

    Hujjatlar ro‘yxati dastur sahifasida va bankda aniqlashtiriladi.

    Dastur sahifasi
Barcha 4 ta dasturni ko‘rish